BIZ HAQIMIZDA

KOMPANIYA HAQIDA

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2017-yil 22-apreldagi 46-sonli litsenziyasi asosida faoliyat yurituvchi “BIZNES FINANS” mikromoliya tashkiloti O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 20-aprelidagi 765-sonli ”Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish faoliyati to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq faoliyat yuritadi”. Qisqa vaqt ichida kompaniyamiz o'zining geografik qamrovini sezilarli darajada oshirdi. Endilikda bizning xizmatlarimizdan Respublikamizning 8 ta viloyatida foydalanish mumkin. Bugungi kunda kompaniyamiz 10 mingdan ortiq aktiv mijozlarga xizmat ko'rsatmoqda. Biroq, biz uchun nafaqat miqdor muhim, shuning uchun biz 2024 yilni mijozlarga ko'rsatilayotgan xizmatlar va xizmatlar sifatini yaxshilashga bag'ishladik. Xodimlar uchun ko'plab tadbirlar va treninglar o'tkazmoqdamiz. Shuningdek bu yil kompaniyamiz tomonidan ijtimoiy ahamiyatga ega bo`lgan kredit mahsulotlariga katta e'tibor qaratilmoqda

BIZNING RIVOJLANISH STRATEGIYAMIZ

Yangi Strategiyaning asosiy maqsadi - aholi va biznes uchun eng yaxshi MMT bo‘lib qolgan holda, raqobatbardoshlikning yangi darajasiga chiqish va filial tarmoqlarini kengaytirish, nafaqat ichki, balki tashqi raqobatchilar bilan, shuningdek global texnologik kompaniyalar bilan raqobatlashish imkoniyatini yaratishdur. Bizning asosiy maqsadimiz - biznesni kengaytirish, rentabellik va samaradorlikni oshirish, shu bilan birga yangi texnologiyalarni joriy etish va xodimlarimizning yangi ko‘nikmalarini rivojlantirish orqali moslashuvchanlik, tezkorlik va mijozlarga e’tiborni oshirish.
Biz rivojlanishning strategik yo‘nalishlari sifatida yangi mahsulotlarni yaratishni, mijozlarni iqtisodiy sovodhonligini oshirishni, texnologik yetakchilikni ta’minlashni shuningdek MMT jamoasini tajribasini oshirishni tanladik. Ishonchimiz komilki, ushbu sohalarda olib borilgan izchil ishlar bizning faoliyatimizga yangiliklar kiritib, bizning mijozlarimiz ehtiyojlarining qondirishga xizmat qiladi va moliyaviy natijalarimizni yaxshilash imkonini beradi.

Strategiyaning maqsadlarini ishlab chiqishda biz faoliyatimizga ta’sir ko‘rsatadigan trendlarga alohida e’tibor qaratdik.

STRATEGIK MAQSADLARNI ISHLAB CHIQISHDA BIZ FAOLIYATIMIZGA TA`SIR ETUVCHI OMILLARGA ALOHIDA E`TIBOR BERDIK. BULARGA:

Filiallar tarmog'ini kengaytirish
samarali faoliyat yurituvchi hududiy idoralarni joriy etish, hududlarni zabt etish bo‘yicha o‘z strategiyamizni ishlab chiqish, mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lish.
Iste'molchilarni talablarini o`zgarishini o'rganish
har bir iste'molchi guruhi bilan individual aloqa o`rnatish, mijozlarni moyilligini oshirish, har bir mijozni talabini o`rganishga qaratilgan marketing
Yangi texnologiyalarni joriy etish
ayrim xizmat ko‘rsatish sohalarini raqamlashtirish va yangi mahsulotlarni joriy etish

BIZNING JAMOA

Biz moliya sohasida 20 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar guruhimiz, biz o‘z mijozlarimizni moliyaviy farovanlikka erishish uchun eng yaxshi yechimlarni taklif qilamiz. Biz mijozlarimiz bilan muvaffaqiyatga erishishni maqsad qilgan eng yaxshi mikromoliya kompaniyasini yaratmoqdamiz! Biz mijozlar bilan uzoq muddatli va o‘zaro manfaatli aloqalarni o‘rnatamiz. Qarz mablag‘laridan foydalangan holda, bizning mijozlarimiz quyidagi masalalarini hal qiladilar: ular to‘y marosimlarini o‘tkazadilar, kichik va o‘rta biznesni rivojlantiradilar, shartnoma asosida o‘qish uchun to‘lovlarni amalga oshiradilar, uylarida ta’mirlash ishlarini olib boradilar, do‘konlarda onlayn xaridlarni amalga oshiradilar, sayohat qiladilar, nufuzli sixatgohlarda davolanadilar.

Axmedov Baxtiyor Tursunalievich
Ijrochi direktor
Oxunova Dinara Rashidovna
Rivojlantirish bo‘yicha direktor
Nam Anna Valerievna
Kredit bo‘limi boshlig‘i
Kim Valeriy Anatolievich
Yuridik departamenti boshlig‘i
Kim Nadejda Konstantinovna
Bosh hisobchi
Turkina Anastasiya Alekseevna
Ichki nazorat

BIZNING yutug'larimiz

Kredit reytingi
"AA" reytingi - kreditga layoqatlilik va ishonchlilikning eng yuqori darajasi.
Muvaffaqiyatli hamkorlik
O‘zbekistonning birlamchi bozorida mikromoliya tashkilotlari qimmatli qog‘ozlarining ikkinchi chiqarilishi bo‘yicha obligatsiyalarni sotish yakunlandi.
Eng yaxshi IPO bitimi!
“BIZNES FINANS MIKROMOLIYA TOSHKILOTI” MChJ jamoasi “Eng yaxshi dastlabki joylashtirish bitimi (O‘zbekiston)” nominatsiyasida mukofotga sazovor bo‘ldi.
Qimmatli qog'ozlarning jozibadorlik reytingi
“STANDART AND SENSETIVE RATINGS” reyting agentligi “BIZNES FINANS MIKROMOLIYA TOSHKILOTI” MChJ qimmatli qog‘ozlariga “Toshkent” RFB tomonidan o‘tkazilgan savdolar natijalariga ko‘ra milliy miqyosda (uz) “AA” darajasida jozibadorlik reytingini belgilaydi. 2023 yilning 1-yarim yilligida.
Kredit reytingi
“STANDARD AND SENSETIVE RATINGS” reyting agentligi “BIZNES FINANS MIKROMOLIYA TOSHKILOTI” MCHJning 2022-yilgi reyting natijalariga ko‘ra milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini oshirdi.