INVESTORLAR UCHUN

YUQORI daromadli obligatsiyalar

200 000 dona
Obligatsiyalar soni
20 mlrd
Emissiya hajmi
27%
100 000 so'm
Nominal qiymati
1080 kun
Aylanish davri

AFZALLIKLARI

O'zbekiston fond birjasidagi listing
“BIZNES FINANS MIKROMOLYA TOSHKILOTI” MChJ obligatsiyalari “Toshkent” RFB AJda joylashtirildi.
Yuqori rentabellik
Obligatsiya bo'yicha belgilangan daromad nominal qiymatdan yiliga 27% ni tashkil qiladi.
Soliq yukisiz rentabellik
Obligatsiyalar daromadlari 2028-yil 31-dekabrgacha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan ozod qilindi.
Tez kupon to`lovlari
Kupon to'lovi har 30 kunda amalga oshiriladi

EMITENT HAQIDA MA'LUMOT

Markaziy bankning 2017 yil 22 apreldagi 46-sonli litsenziyasi
10 mingdan ortiq faol mijozlar
Aktivlarning barqaror o'sishi
Respublika bo'ylab 12 ta filial

ESG DASTURI

"TEMIR XOTIN"
O'ZBEKISTONDA TADBIRKOR AYOLLARNI QO'LLAB-QUVVATLASH

  Qishloqlarda ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash kompaniyamiz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir

  O‘zbekistonda kichik biznes vakillarining umumiy sonida tadbirkor ayollar ulushi 25 foizni tashkil qiladi, kompaniyamizda esa bu ko‘rsatkich 51 foizni tashkil etadi. Korxonamizda xizmat ko‘rsatayotgan tadbirkor ayollarning umumiy sonining 82 foizini qishloq joylarida ayollar tashkil etadi.

 Tadbirkor ayollar qo‘llab-quvvatlansa-da, xotin-qizlarning ushbu sohaga faol jalb etilishiga to‘sqinlik qilayotgan qator omillar mavjud, bular: boshlang‘ich kapitalning yetishmasligi, huquqiy, moliyaviy va raqamli savodxonlik darajasining pastligi. Bunday omillar ayollar tadbirkorligining rivojlanishini sezilarli darajada sekinlashtiradi.

  Yuqoridagi muammolarni hisobga olgan holda kompaniyamiz tomonidan ayollar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha alohida strategiya ishlab chiqildi.

  Biz eng muhim yo‘nalishni tanladik: o‘z biznesini boshlayotgan tadbirkor ayollarning moliyaviy va huquqiy savodxonligini oshirish; ijtimoiy tarmoqlar salohiyatidan faol foydalanish uchun raqamli o‘quv platformalarini yaratish; yurtdoshlarimizning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida mahallalarda seminarlar, ayollar tadbirkorligi haftaliklarini qo'llab quvvatlash va muntazam ravishda startap tanlovlarini o‘tkazish.

  Tadbirkor ayollarning loyihalarini moliyalashtirish uchun esa “BIZNES XONIM” alohida kredit mahsulotini yaratdik

O`Z-O`ZINI BAND QILISH KAMBAG`ALLIKNI
QISQARTIRISHNI MUHIM OMILI

"Och odamga baliq bermang, unga qarmoq bering va unga ovlashni o`rgating"

  Aholi turmush darajasini oshirish har qanday sivilizatsiyalashgan davlatda ijtimoiy siyosatning bosh maqsadi va uning samaradorligining asosiy mezoni hisoblanadi.

  Qambag`allikni qisqartirish ushbu maqsadga erishishning eng muhim tarkibiy qismlaridan biridir.

  Kambag'allik ijtimoiy hayotning turli sohalariga ta'sir qiladi, muayyan shaxs, muayyan oila va butun jamiyatning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.

  Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni kamaytirish O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari etib belgilangan.

  Kambag`allikni qisqartirish omillaridan biri bu aholining o'zini o'zi ish bilan ta'minlash darajasini oshirishdir. 2023-yil yakuniga koʻra, respublikada ishsizlik darajasi 8% ni tashkil etdi, shundan ishsizlikning asosiy ulushi chekka hududlarning qishloq joylariga toʻgʻri keladi. Shu munosabat bilan kompaniyamiz 2019-yildan boshlab mamlakatimizning chekka hududlaridagi filiallar tarmog‘ini kengaytirishni boshladi. Bugungi kunga kelib kompaniyamiz tomonidan ajratilgan barcha kreditlarni 80 % ulushi respublikamizni chekka xududlarida yashovchi fuqarolarga to`gri keladi va bu ko‘rsatkich jadal o‘sib bormoqda. Hududlardagi yakka tartibdagi tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida jamoamiz tomonidan “BIZNES HAMROH” yangi kredit mahsuloti joriy etildi, bunda kreditning maksimal miqdori 300 million so‘m, muddati 24 oy kilib belgilandi. Shuningdek, uy xo`jaliklarini rivojlantirish uchun 100 million so‘mgacha bo‘lgan “HOSIL” kredit mahsulotini joriy qildik, ushbu kreditni olib, mijozlarimiz chorvachilik bilan shug‘ullanishlari, o‘z tomorqalarida issiqxonalar qurishlari yoki boshqa turdagi mahsulotlarni yaratishlari mumkin.